Qonunchilik yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga toʻlashi shart boʻlgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
(260-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Neustoyka toʻlash haqidagi talab boʻyicha kreditor oʻziga yetkazilgan zararni isbotlashga majbur emas.
Neustoyka bilan faqat haqiqiy talab taʼminlanadi.
Agar qarzdor majburiyat bajarilmaganligi yoki lozim darajada bajarilmaganligi uchun javobgar boʻlmasa, kreditor neustoyka toʻlashni talab qilishga haqli emas.