Yuridik shaxs (qarzdor yoki kreditor) tugatilishi bilan majburiyat bekor boʻladi, qonunchilik bilan tugatilgan yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarish boshqa shaxs zimmasiga yuklatilgan (hayotga yoki sogʻliqqa yetkazilgan zararni toʻlash talabi va boshqa talablar boʻyicha) hollar bundan mustasno.
(352-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
2-kichik boʻlim
SHARTNOMA TOʻGʻRISIDA UMUMIY QOIDALAR