Shartnomani bajarganlik uchun taraflarning kelishuvi bilan belgilangan bahoda haq toʻlanadi.
Qonunda nazarda tutilgan hollarda tegishli vakolatga ega boʻlgan davlat organlari belgilaydigan yoki tartibga soladigan baholar (tariflar, rassenkalar, stavkalar va h.k.) qoʻllaniladi.
Shartnoma tuzilganidan keyin bahoni oʻzgartirishga qonunchilik yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda va shartlarda yoʻl qoʻyiladi.
(356-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Haq toʻlashni nazarda tutadigan shartnomada baho nazarda tutilmagan va shartnoma shartlari boʻyicha belgilanishi mumkin boʻlmagan hollarda shartnomani bajarganlik uchun oʻxshash vaziyatlarda odatda shunday tovarlar, ishlar yoki xizmatlar uchun olinadigan baho boʻyicha haq toʻlanishi kerak.