Yozma ofertada aksept muddati koʻrsatilmagan aksept oferta yoʻllagan shaxs tomonidan qonunchilikda belgilab qoʻyilgan muddatlarda, agar bunday muddat belgilab qoʻyilgan boʻlmasa — buning uchun normal zarur boʻlgan vaqt mobaynida olinsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.

(373-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Oferta aksept uchun muddat koʻrsatmasdan ogʻzaki tarzda qilinganida boshqa taraf uni akseptlaganini darhol aytgan boʻlsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.