(1-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat boʻladi.

(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Jinoyat-ijroiya qonunchiligi:

(1-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini;

mahkumlarning huquqiy maqomini;

mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash tartibini;

mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibini;

jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini;

mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.