Umumiy tartibli koloniyalarda mahkumlar umumiy turar joylarda yashaydilar.

Mahkumlar belgilangan mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 70,3 foizigacha boʻlgan summaga oziq-ovqat mahsulotlari va eng zarur narsalar sotib olishlari mumkin.

(117-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Mahkumlar yil mobaynida:

olti marta qisqa muddatli va olti marta uzoq muddatli uchrashuv;

oʻn ikki marta telefon orqali soʻzlashuv;

oʻn ikkita posilka yoki yoʻqlov;

oʻn ikkita banderol olish huquqiga ega.

(117-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 28-avgustdagi OʻRQ-558-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son)