Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga eʼtiqod qilishga yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikka haqli.
Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
(12-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni bilan chiqarilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)
Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy boʻlib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.