Maxsus tartibli koloniyalarda jazoni:

mazkur muassasaga sud hukmiga binoan kelgan mahkumlar;

umrbod ozodlikdan mahrum qilinganlar, shuningdek umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi afv etish tartibida ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtirilgan shaxslar;

(120-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda)

sud tomonidan qattiq tartibli koloniyalardan intizomiy jazo tarzida qaytarilgan mahkumlar oʻtaydilar.

Tuzalish yoʻliga oʻtgan mahkumlar ushbu Kodeksning 104-moddasida nazarda tutilgan tartibda yengillashtirilgan saqlash sharoitiga oʻtkaziladi.

(120-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 15-fevraldagi OʻRQ-817-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.02.2023-y., 03/23/817/0091-son)

Maxsus tartibli bir koloniyadan ikkinchisiga oʻtkazilgan mahkumlar jazoni bu yerga oʻtkazilgunga qadar belgilangan saqlash sharoitida oʻtaydilar.