Maktabgacha yoshdagi bolalari bor mahkuma ayollarga bolalarini qarindoshlarinikiga, vasiylarinikiga yoki bolalar muassasalariga joylashtirib kelish uchun borish-kelish vaqtini (toʻrt sutkagacha) hisobga olmagan holda oʻn besh sutkagacha muddatga chetga chiqishga ruxsat etilishi mumkin.

Voyaga yetmagan nogironligi boʻlgan bolalari bor ayollarga bir yilda bir marta ular bilan uchrashish uchun yoʻlga ketadigan vaqtni hisobga olmaganda yetti sutkagacha boʻlgan muddatga chetga chiqishga ruxsat etiladi.

(133-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-maydagi OʻRQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son)

(134 va 135-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)