Jarima tariqasidagi jazo Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro etiladi.

(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 16-oktabrdagi OʻRQ-448-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)

Muayyan huquqdan mahrum qilish, majburiy jamoat ishlari, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash, ozodlikdan mahrum qilish va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ichki ishlar organlari tomonidan yoki sud belgilaydigan boshqa organ tomonidan ijro etiladi. Muayyan huquqdan mahrum qilish toʻgʻrisidagi hukm talabi mahkumning ish joyidagi maʼmuriyat tomonidan, shuningdek tegishli faoliyat turlari bilan shugʻullanishga berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan ijro etiladi.

(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Harbiy xizmatchilarga nisbatan:

xizmat boʻyicha cheklash tariqasidagi jazo — harbiy xizmatchi xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlarning (muassasalarning) qoʻmondonligi tomonidan;

(14-moddaning uchinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

intizomiy qismga joʻnatish tariqasidagi jazo — maxsus tashkil etilgan harbiy qismlar tomonidan ijro etiladi.

Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish tariqasidagi qoʻshimcha jazo mazkur unvonni bergan organ tomonidan ijro etiladi.

(14-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)