Xizmat boʻyicha cheklashga hukm qilingan shaxs hukmda belgilangan jazo muddati tugaguniga qadar qonunchilikda nazarda tutilgan asoslarda harbiy xizmatdan boʻshatilishi mumkin. Bunday holda komandir (boshliq) jazo muddatining oʻtalmay qolgan qismini boshqa jazo bilan almashtirish yoki jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani hal qilish uchun materiallarni sudga taqdim etadi.

(147-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

(148-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)