Intizomiy qismda mahkumlarga muddatli harbiy xizmat harbiy xizmatchilari uchun qonunchilikda nazarda tutilgan taʼtillar berilmaydi.
(154-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Harbiy xizmatchilarga alohida hollar (yaqin qarindoshining vafoti yoki hayotiga tahdid soluvchi ogʻir kasalligi, mahkumga yoki uning oilasiga jiddiy moddiy zarar yetkazgan voqealar) munosabati bilan borish-kelish uchun ketadigan vaqtni hisobga olmaganda, intizomiy qism doirasidan chetga chiqish huquqini beradigan qisqa muddatli — yetti sutkagacha taʼtil berilishi mumkin. Mahkumning qisqa muddatli taʼtilda boʻlish vaqti jazoni oʻtash muddatiga qoʻshiladi.