Axloq tuzatish ishlari muddati tugayotgan kuni probatsiya boʻlinmasi jazoni oʻtagan shaxsni va u ishlayotgan korxona, muassasa yoki tashkilot maʼmuriyatini ish haqidan chegirib qolishni tugatish va boshqa cheklashlarni olib tashlash toʻgʻrisida xabardor qiladi.

(169-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)

Jazoni ijro etish muassasasi ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar ozod etilayotganda ular bilan toʻla hisob-kitob qiladi, ularning shaxsiy hujjatlari, buyumlari va boshqa qimmatli narsalarini, shuningdek shaxsiy hisobvaraqlarida turgan pullarini qaytarib beradi hamda jazoni oʻtab boʻlganlik yoki jazodan ozod qilinganlik toʻgʻrisida belgilangan namunada maʼlumotnoma beradi.

(169-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Sil kasalligiga duchor boʻlgan shaxslarning ozod qilinganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomalarga belgilangan namunadagi shtamp qoʻyiladi.

(169-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)