Shartli hukm qilingan shaxslar sud tomonidan zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishi, shuningdek chaqiruvga binoan probatsiya boʻlinmasida hozir boʻlishi shart. Uzrli sababsiz hozir boʻlmagan mahkum belgilangan tartibda majburan keltirilishi mumkin.
(177-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)