Ozodlikni cheklash muddati mahkum probatsiya boʻlinmalarida hisobga qoʻyilgan kundan boshlab hisoblanadi.
(44²-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi OʻRQ-938-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.08.2024-y., 03/24/938/0591-son)
Mahkum uzrli sabablarsiz oʻzboshimchalik bilan yashash joyida boʻlmagan vaqti ozodlikni cheklash muddatiga qoʻshib hisoblanmaydi.