Taftish oʻtkazish uchun tayinlanadigan shaxslar sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining, davlat soliq xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining mutaxassislari ishtirok etishi mumkin.
(187³-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-fevraldagi OʻRQ-1038-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2025-y., 03/25/1038/0188-son)
Zarur boʻlgan hollarda, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning qaroriga yoxud sudning ajrimiga koʻra boshqa davlat organlari va tashkilotlarning xodimlari ham taftish oʻtkazish uchun jalb etilishi mumkin.