Ariza beruvchi fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgach va ayblanuvchining, sudlanuvchining yoki oʻziga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanilishi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilgan shaxsning qilmishlari oqibatida yetkazilgan ziyon uchun qonunga koʻra boshqa shaxslar mulkiy javobgar ekanligi aniqlangach, tegishli fuqaroni yoki yuridik shaxsni ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish toʻgʻrisida surishtiruvchi, tergovchi qaror, sud esa ajrim chiqaradi. Qaror yoki ajrim fuqaroviy javobgarga yoki uning vakiliga eʼlon qilinadi. Bunda ularga ushbu Kodeksning 59 va 63-moddalarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlar tushuntiriladi.
This code is not yet available in your language. The text is shown in O'zbekcha.
Criminal Procedure Code
Umumiy qism
Section V
Chapter 33. Jinoyat protsessida fuqaroviy daʼvo. Boshqa mulkiy undirish…
Article 278
Ishda fuqaroviy javobgar tariqasida ishtirok etishga jalb qilish
Updated in database: 22.10.2026 · Official publication: lex.uz
Expert commentary on this article is in preparation
Meanwhile the AI assistant can explain the article in plain language.
Explain with AIWrite your question about Article 278 — a lawyer will answer.