Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Xuddi shunday harakat voyaga yetmagan shaxsga nisbatan sodir etilgan boʻlsa, —

(148²-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 12-fevraldagi OʻRQ-673-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.02.2021-y., 03/21/673/0112-son)

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

(148¹ va 148²-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 22-yanvardagi OʻRQ-603-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2020-y., 03/20/603/0071-son — 2020-yil 24-apreldan kuchga kiradi)

Mehnatga biron-bir shaklda maʼmuriy tarzda majburlash, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno, taʼlim tashkilotining pedagog xodimiga nisbatan xuddi shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

(148²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 27-martdagi OʻRQ-826-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.03.2023-y., 03/23/826/0172-son)