Talonchilik, yaʼni oʻzganing mulkini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilish —

uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(166-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Talonchilik:

a) hayot va sogʻliq uchun xavfli boʻlmagan zoʻrlik ishlatib yoxud shunday zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitib;

b) ancha miqdorda;

v) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan boʻlsa, —

(166-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)

uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(166-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 10-avgustdagi OʻRQ-389-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 32-son, 425-modda)

Talonchilik:

a) takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan;

b) uy-joyga, omborxona yoki boshqa xonaga gʻayriqonuniy ravishda kirib;

v) koʻp miqdorda sodir etilgan boʻlsa, —

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(166-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)

Talonchilik:

a) juda koʻp miqdorda;

b) oʻta xavfli retsidivist tomonidan;

v) uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —

oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(166-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 165-modda)