Giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, ularning analoglarini yoki kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni isteʼmol qilish yoxud tarqatish uchun bangixona tashkil qilish yoki saqlash, —

uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar:

a) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib;

b) takroran, xavfli retsidivist yoki ilgari ushbu Kodeksning 270 — 276¹, 276³ — 276⁸-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan sodir etilgan boʻlsa, —

besh yildan sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha harakatlar uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini koʻzlab sodir etilgan boʻlsa, —

sakkiz yildan oʻn ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.