Boshliq yoki boshqa mansabdor shaxsning oʻz hokimiyat yoki xizmat mavqeyini suiisteʼmol qilishi, hokimiyat yoki xizmat vakolati doirasidan chetga chiqishi, shuningdek, hokimiyat harakatsizligi Qurolli Kuchlarning manfaatlariga, harbiy xizmatchi yoki boshqa fuqarolarning huquqlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga koʻp miqdorda zarar yoki jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab boʻlsa, —

uch yilgacha xizmat boʻyicha cheklash yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(301-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)

Oʻsha qilmishlar:

a) badanga oʻrtacha ogʻir yoki ogʻir shikast yetkazib;

b) gʻarazgoʻylik niyatlarida sodir etilgan boʻlsa, —

(301-modda ikkinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1155-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1155/0616-son)

besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(301-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)

Oʻsha qilmishlar:

a) odam oʻlishiga;

b) boshqa ogʻir oqibatlarga sabab boʻlsa, —

oʻn yildan oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(301-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)

Ushbu moddada nazarda tutilgan qilmishlar jangovar vaziyatda sodir etilgan boʻlsa, —

oʻn besh yildan yigirma yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

(301-modda toʻrtinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 29-avgustdagi 681-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)