Aybga iqrorlik toʻgʻrisida kelishuv tuzilgan jinoyatlar boʻyicha tayinlanadigan jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng koʻp jazoning yarmidan oshmasligi kerak.
(57²-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi OʻRQ-675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son)