(108-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi OʻRQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
Karantin ostidagi mahsulotlarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqish qoidalarini buzish —
(108-modda birinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 11-yanvardagi OʻRQ-743-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.01.2022-y., 03/22/743/0010-son — 2022-yil 12-apreldan kuchga kiradi)
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(108-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa, —
huquqbuzarlik ashyolarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan yetti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yetti baravaridan oʻn besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(108-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)