Fuqarolar tomonidan turar joylarni fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida vaqtincha boʻsh turgan joy sifatida hisobga qoʻyish tartibini buzish —
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(160¹-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)
Egasiz turar joylarni aniqlash, hisobga olish va davlat mulkiga oʻtkazish tartibini buzish —
mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
(160¹-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)