Soliq organlarining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan, ushbu Kodeks 175-moddasining ikkinchi, uchinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun yuridik shaxsning rahbari yoki yakka tartibdagi tadbirkor maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

(17³-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-1108-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 03/25/1108/1217-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-yanvar)