Mansabdor shaxs tomonidan sud chiqargan xususiy ajrimni (qarorni) koʻrib chiqmaslik yoxud ajrimda (qarorda) koʻrsatilgan qonunni buzish hollarini bartaraf etish choralarini koʻrmaslik, xuddi shuningdek xususiy ajrimga (qarorga) oʻz vaqtida javob bermaslik —

bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(181-moddaning sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)