Prokuror maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish chogʻida qonunlarning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirar ekan:
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish qoʻzgʻatishga;
ish materiallari bilan tanishib chiqishga;
ish yuritish vaqtida organlar (mansabdor shaxslar)ning harakatlari qonuniyligini tekshirishga;
ishni koʻrib chiqishda qatnashishga;
ishni koʻrib chiqish vaqtida vujudga kelgan masalalar xususida iltimosini bayon etishga, xulosalar berishga;
maʼmuriy huquqbuzarliklar uchun tegishli organlar (mansabdor shaxslar) taʼsir koʻrsatish choralarini toʻgʻri qoʻllanganligini tekshirishga;
maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan qabul qilingan qarorga yoki shikoyat yuzasidan chiqarilgan qarorga protest keltirishga;
(275-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
qonunda nazarda tutilgan boshqa harakatlar qilishga haqlidir.