Maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksda va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligida belgilangan tartibda vakolatli organlar (mansabdor shaxslar) tomonidan ijro etiladi.

(327-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Bir shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanish toʻgʻrisida bir necha qaror chiqarilgan hollarda ularning har biri mustaqil ravishda ijro etiladi.