Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish toʻgʻrisidagi qaror topshirilgan kundan boshlab oʻttiz kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim, ushbu moddaning ikkinchi qismi bundan mustasno.
(332-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 17-martdagi OʻRQ-612-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.03.2020-y., 03/20/612/0326-son)
Yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarimani huquqbuzar jarima solish toʻgʻrisidagi qaror chiqarilgan kundan eʼtiboran oltmish kundan kechiktirmay, bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan hollarda esa, shikoyat yoki protest qanoatlantirilmay qoldirilganligi toʻgʻrisida xabar berilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kundan kechiktirmay toʻlashi kerak.
(332-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oʻn olti yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan shaxslarning mustaqil ish haqi boʻlmagan taqdirda, jarima ularning ota-onalari yoki ular oʻrnini bosuvchi shaxslardan undirib olinadi.
Maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etganlik uchun solingan jarima huquqbuzar tomonidan tegishli bank muassasasiga toʻlanadi, huquqbuzarlik sodir etilgan joyning oʻzida undirib olinadigan jarima bundan mustasno.
(332-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi OʻRQ-199-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)