Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi:

ushbu Kodeksning 51², 51⁸, 51⁹, 56, 57, 58-moddalarida, 61¹-moddasining birinchi qismida, 94, 165¹, 184², 184³, 189, 189¹, 201, 202¹-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;

(346¹-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi OʻRQ-579-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.11.2019-y., 03/19/579/3994-son)

ushbu Kodeksning 224¹-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan.

(346¹-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)