Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilangan tartibda ijro etiladi.
(347-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ijro hujjati hisoblanadi.
Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim (ushbu Kodeksning 311-moddasi), bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi maʼlum qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay qoplanishi lozim.