(4-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi ixtiyoriga beriladi:

(4-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilikning prinsiplarini aniqlash va umumiy qoidalarini belgilab berish;

(4-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

maʼmuriy javobgarlikka sabab boʻladigan harakat yoki harakatsizlikni, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan organlar tizimini (mansabdor shaxslarni), mazkur ishlarni yuritish va chiqarilgan qarorlarning ijrosi tartibini belgilash;

maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik sohasida Qoraqalpogʻiston Respublikasining vakolatlarini belgilash;

(4-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyat vakillik organlari hamda hokimlari maʼmuriy javobgarlik nazarda tutiladigan qaror qabul qilishlari mumkin boʻlgan masalalar doirasini belgilash.