Mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning mol-mulkini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish —

bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(61-modda birinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Xuddi shunday huquqbuzarlik maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa —

bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oʻn baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

(61-modda ikkinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

Umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovod tarmoqlariga tijorat maqsadlarida oʻzboshimchalik bilan ulanish yoxud elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni hisobga olish asboblariga, shu jumladan ularning plombalariga qasddan shikast yetkazish yoxud hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlarini oʻzgartirish maqsadida ularga tashqaridan aralashish yoʻli bilan elektr energiyasini, tabiiy gazni, sovuq yoki issiq suvni oʻgʻirlash tarzida sodir etilgan oz miqdorda talon-toroj qilish, shuningdek mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxona, muassasa, tashkilotlarning koʻmir yoqilgʻisini oʻgʻirlash, oʻzlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiisteʼmol qilish yoki firibgarlik yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilish, —

(61-modda uchinchi qismining dispozitsiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 31-iyuldagi OʻRQ-1078-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2025-y., 03/25/1078/0682-son)

bazaviy hisoblash miqdorining oʻn besh baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki oʻn besh sutkagacha muddatga maʼmuriy qamoqqa olishga sabab boʻladi.

(61-modda uchinchi qismining sanksiyasi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-martdagi OʻRQ-1121-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 12.03.2026-y., 03/26/1121/0222-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 13-iyun)

Basharti talon-toroj qilingan mulkning qiymati bazaviy hisoblash miqdorining oʻttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.

(61-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi OʻRQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)

(61-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 10-iyuldagi OʻRQ-1075-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.07.2025-y., 03/25/1075/0597-son)

Tijorat maqsadi deganda jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan muayyan faoliyatda foyda yoki daromad olishga qaratilgan maqsad tushuniladi.

(61-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 13-martdagi OʻRQ-822-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 14.03.2023-y., 03/23/822/0143-son — 2023-yil 15-iyundan kuchga kiradi)