Soliq hisobotini oʻz vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq toʻlovchi boʻlgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq toʻlovchi boʻlgan jismoniy shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

(220-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son)