Soliq toʻlovchilar soliqni mustaqil ravishda, ushbu Kodeksning 454⁴-moddasiga muvofiq aniqlangan soliq bazasidan va tegishli soliq stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqaradi. Bunda chet el valyutasida ifodalangan soliq bazasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining soliq hisobotini taqdim etish sanasida belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada qayta hisob-kitob qilinadi.
Soliq hisoboti soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi soliq organiga soliq toʻlovchi tomonidan har bir hisobot va soliq davri tugaganidan keyin quyidagi muddatlarda taqdim etiladi:
renta zarari mavjud boʻlgan davrda — yilda bir marta, soliq davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay;
soliq bazasi mavjud boʻlgan davrda — har chorakda, ortib boruvchi yakun bilan hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay.
Soliqni toʻlash har chorakda keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay, yil yakunlari boʻyicha esa hisobot davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
(XVIII¹ boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-741-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 03/21/741/1219-son — Ushbu boʻlimning qoidalari metallarni va uglevodorod xom ashyosini qazib olish 2022-yil 1-yanvardan keyin boshlanadigan litsenziya olingan yer uchastkalariga nisbatan qoʻllaniladi.)