Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining aʼzosi umumiy yigʻilish qarori boʻyicha quyidagi hollarda kooperativdan chiqarilishi mumkin:

haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan hujjatlar taqdim etilishi, agar bu hujjatlar kooperativga kirish uchun asos boʻlgan boʻlsa;

turar joyni yoki umumiy foydalanishdagi obyektlarni muntazam buzgan yoki shikastlantirgan yoxud ulardan oʻz maqsadi boʻyicha foydalanmayotgan boʻlsa.

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi ustavida va qonunchilikda tegishli kooperativ aʼzoligidan chiqarishning boshqa hollari ham nazarda tutilishi mumkin.

(104-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperatividan chiqarilgan aʼzo turar joydan koʻchirilishi kerak va uy-joy qurilishi har bir kvadrat metrining qiymati qimmatlashganligi hisobga olingan holda tegishli pay badali unga qaytarib beriladi.