Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyga toʻlanadigan haq miqdori turar joyni ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasida tuziladigan ijaraga berish shartnomasida belgilab qoʻyiladi.

Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi uylaridagi turar joyni ijaraga berish shartnomasi boʻyicha toʻlanadigan haq miqdori uyni va umumiy foydalanishdagi mol-mulkni saqlash xarajatlarining oʻrnini qoplashni taʼminlaydigan, ijaraga beruvchi tomonidan turar joy umumiy maydonining bir kvadrat metri hisobida belgilangan stavkalardan kelib chiqib belgilanadi.

Munitsipal va idoraviy uy-joy fondini tiklashga ajratmalar hamda ijaraga beruvchining normativ foydasi turar joyning ijara haqiga kiradi.

(129-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 8-yanvardagi OʻRQ-77-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 1-2-son, 3-modda)