Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridan turar joy berish toʻgʻrisidagi qaror asosida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi fuqaroga berilgan turar joyga koʻchib kirish uchun asos boʻladigan yagona namunadagi hujjat (order) beradi.

(45-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)

Hujjat (order) faqat boʻsh turgan alohida turar joyga, yangi qurilgan uylarda esa, davlat komissiyasining uyni foydalanishga qabul qilish toʻgʻrisidagi dalolatnomasi tasdiqlanganidan keyingina tuman, shahar (shahar tarkibiga kiruvchi tuman) hokimi qarori bilan berilishi mumkin.

Order shakli Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.