Maxsus uylar fuqarolarning ayrim toifalari qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda yashashi uchun moʻljallangandir.
(81-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Maxsus uylar jumlasiga quyidagilar kiradi:
yotoqxonalar;
vaqtinchalik uy-joy fondi uylari;
nogironlar, faxriylar, yolgʻiz qariyalar uchun internat-uylar;
bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar.