Yoʻq qilish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda chet el tovari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.
(121-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)