Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani olganidan soʻng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi.

(136-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)

Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishda bojxona organi:

vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa;

qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi;

qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik boʻlgan taqdirda oʻrganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi.