Tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotganida bojxona deklaratsiyalarining quyidagi turlari qoʻllaniladi:

transport vositasi uchun deklaratsiya;

tranzit deklaratsiyasi;

(256-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)

bojxona yuk deklaratsiyasi;

yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi.