Reeksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, uni olib kirishda toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi.
(32-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)
Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojxona hududidan amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar ushbu Kodeks 218-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddatlarda bojxona hududidan amalda olib chiqilishi kerak.
Agar tovarlar uchun tranzit deklaratsiyasi ular reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida taqdim etilmasa, tovarlar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)