Bojxona toʻlovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi.

Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.

(323-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)