Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
ushbu Kodeksning 330-moddasi talablariga rioya etilmaganligi;
bojxona organlariga ariza taqdim etilgan paytda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik mavjudligi;
(331-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)