Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojxona hududiga olib kirilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin.

(365-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)