Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona toʻlovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi.

(61-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 1-fevraldagi OʻRQ-748-sonli Qonuniga asosan 2022-yil 3-maydan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.02.2022-y., 03/22/748/0086-son)