Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati uch yilni tashkil etadi.

Tovarlar bir necha bor bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilganda bojxona ombori bojxona rejimining umumiy amal qilish muddati ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddatdan koʻp boʻlishi mumkin emas.

(94-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-913-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.02.2024-y., 03/24/913/0158-son — 2024-yil 28-maydan kuchga kiradi)

Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega.

Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.