Maqsadli ijtimoiy transfertlar yuqori turuvchi budjetdan quyi turuvchi budjetga taʼlim va tibbiyot muassasalarining ish haqi va ijtimoiy soliq boʻyicha xarajatlarini qoplash uchun ajratiladi.
(138¹-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Maqsadli ijtimoiy transfertlarning miqdorlari:
Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjetidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga — Davlat budjeti toʻgʻrisidagi qonun loyihasi qabul qilinayotganda;
(138¹-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasining respublika budjetidan, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjetidan tumanlar va shaharlar budjetlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari toʻgʻrisidagi qarorlar qabul qilinayotganda belgilanadi.
(138¹-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-660-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2020-y., 03/20/660/1682-son)
Foydalanilmagan maqsadli ijtimoiy transfertlar joriy moliya yili oxirida tegishli yuqori turuvchi budjetga qaytarilishi kerak.
(138¹-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-dekabrdagi OʻRQ-454-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.01.2018-y., 03/18/454/0493-son)