Ushbu Kodeks 106-moddasi birinchi qismining 2, 3, 6 va 7-bandlarida koʻrsatilgan taqiqlar buzilganda aybdor shaxslar ushbu Kodeksning 146-moddasida nazarda tutilgan tartibda sudning ajrimi bilan jarimaga tortiladi. Daʼvogar bu shaxslardan sudning daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini bajarmaganliklari oqibatida oʻzi koʻrgan zararning oʻrni qoplanishini umumiy asoslarda talab qilishga haqli.
Fuqarolik protsessual kodeksi
I bo'lim
9 bob. Daʼvoni taʼminlash
110-modda
Daʼvoni taʼminlash choralariga rioya etmaganlik uchun javobgarlik
Bazada yangilangan: 23.10.2026 · Rasmiy nashr: lex.uz
Bu modda bo'yicha ekspert sharhi tayyorlanmoqda
Hozircha AI yordamchi moddani sodda tilda tushuntirib berishi mumkin.
AI bilan tushuntirish110-modda bo'yicha savolingizni yozing — huquqshunos javob beradi.